Karmana Tumani Virtual Qabulxonasi

Murojaat yo'llaganizdan so'ng, sizga taqdim etiladigan murojaat ma'lumotlarini saqlab qolishni unutmang. Ular sizga murojaat holatini tekshirish uchun asqotadi

Murojaat varaqasini to'ldiring

Ommaviy oferta

Hurmatli foydalanuvchi!


Sizga Karmana Tuman hokimiga bevosita elektron tarzda murojaatlarni yuborish imkoniyati taqdim etilmoqda. Shu bilan birga, Sizning yuborayotgan murojaatingiz rasmiy maqomga ega ekanligini ham eslatib qo‘ymoqchimiz.
Shu sababli, Sizdan quyidagilarni unutmasligingizni so‘raymiz:


1. Jismoniy shaxs sifatida murojaat yo‘llasangiz familiyangiz (ismingiz, otangizning ismi),yashash joyingiz to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va murojaatingiz mohiyati bayon etilgan bo‘lishi shart.Yuridik shaxs sifatida murojaat yo‘llasangiz yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili)to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilishi talab etiladi.


2. Alohida e’tibor bering! Tuxmat, haqorat so‘zlar ishlatilgan va yolg‘on xabar beruvchi murojaatlarni taqdim etish mumkin emas.
3. Shuningdek, quyidagi holatlarda murojaatlaringiz rad etilishi mumkinligini eslatib o‘tmoqchimiz:
•    odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yoxud haqoratli iboralar, tahdidlar, mantiq va ma’nosi bo‘lmagan takliflar va shunga o‘xshash murojaatlar);
•    murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar yoki reklama materiallari mavjud bo‘lgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar bo‘lmagan murojaatlar
4. Shuningdek, foydalanuvchining bir necha bor bitta masala bo‘yicha javob berilgan murojaatini qayta yuborilganda agar unda yangi vajlaryoki holatlar keltirilmagan bo‘lsa, ko‘rib chiqilmaydi.
Mazkur shartlarning barchasi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidan kelib chiqqan holda belgilangan.


Vebsayt ishlanmasi Compass Group